Irina Chublukova: SANTO hamyonbop preparatlarni taklif etadi

SANTO farmatsevtik kompaniyasi strategik rivojlanish va preparatlarni bozorga chiqarish bo‘yicha hududiy direktori Irina Chublukovaning intervyusida dorilarning narxi qanday hisoblanishi, O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirishdagi qiyinchiliklar va preparatlarning yuqori sifati qanday ta’minlanishi haqida bilib olasiz.

Strategik rivojlanish va preparatlarni O‘zbekiston bozoriga chiqarish bo‘yicha hududiy direktor sifatida faoliyatingizda qanday ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldingiz? 

– SANTO vakolatxonasi O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni u bir yildan beri O‘zbekiston bozorida va bizning bu yerdagi strategik rivojlanishimiz o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirishni ko‘zda tutadi. SANTO – O‘zbekiston bozorida ancha vaqtdan beri mavjud bo‘lgan Polpharma xalqaro guruhi tarkibida. SANTO Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yetakchi o‘rinlarni egallashga ulgurgan va biz endilikda aholini dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha O‘rta Osiyo yetakchiligiga erishmoqchimiz. Shuning uchun, jamoamiz alohida dori vositalariga talabni prognozlash uchun kasallanishlar monitoringini olib bormoqda. Shuningdek, bozorga oid ma’lumotlar bilan ham ishlaymiz – ular preparatlarning o‘rtacha narxini aks ettiradi, ehtimoldagi biznes-keyslarni hisob-kitob qilamiz.  

O‘zbekiston bozoriga kiritish uchun birinchi darajali mahsulotlar sifatida biz infeksiyaga qarshi, kardiologik va nevrologik preparatlar portfelini belgiladik. Bugun O‘zbekistonda infeksion xastaliklarni davolash birinchi navbatda antibiotiklarni qo‘llash asosida olib boriladi – buni ularga bo‘lgan talab va xarajatlardan bilib olish mumkin. Shu ma’lumotlarga tayangan va antibiotik yetkazib beruvchilar orasida yetakchi bo‘lganimiz holda, biz o‘zbekistonlik bemorlarga hozirda bizda mavjud bo‘lgan liniyani taqdim eta olamiz. Qolaversa, bizda antibiotiklarning peroral qabul qilinadiganidan tortib, steril in’yeksiongacha bo‘lgan tibbiyotda qo‘llaniladigan deyarli barcha guruhlari bor.

Kardiologik portfel ham ustuvor sanaladi va ayniqsa, davom etayotgan koronavirus infeksiyasi pandemiyasi hamda uning aholi salomatligiga ta’siri fonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan surunkali yurak-qon tomir xastaliklarini davolash uchun dori vositalari ko‘rinishida taqdim etilgan. Joriy portfelimiz keng va Polpharma guruhining barcha ishlab chiqaruvchi maydonchalari preparatlarini o‘zida jamlagan.

Hozirgi paytdagi eng muhim vazifamiz – preparatlar portfelini kengaytirish va muvaffaqiyatli loyiha uchun qancha sarmoya kiritish kerakligini tushunishdir.

Narx borasidagi siyosatni qanday olib bormoqchisiz? Axir Qozog‘iston va O‘zbekistondagi oylik maoshlar bir-biridan farq qiladi va Qozog‘istonda nisbatan arzon sanalgan narsani O‘zbekistonda ko‘pchilikning cho‘ntagi ko‘tarmasligi mumkin.

– SANTO butun Markaziy Osiyo bozorlarida samarali va hamyonbop preparatlarni taklif etadi. Narxni belgilashda biz har doim potensial xaridorlarning to‘lov layoqatini baholab olamiz. Qozog‘istonda faoliyat olib boradigan yetkazib beruvchi kompaniyalar qiyofasi O‘zbekistonda ishlaydiganlarnikidan birmuncha farq qiladi. Qozog‘istonda savdolarda davlat xaridlarida ishtirok etuvchi nisbatan qimmatroq preparatlar yetakchilik qiladi. O‘zbekistonda esa aholi uchun dorixonalar orqali yetkazib beriladigan dori vositalarining bozori chaqqon. Shundan kelib chiqib narxlar boshqariladi.

Sizningcha, O‘zbekistonda farmatsevtik boshqaruv va dori vositalarini nazorat qilish jarayoni qanchalik samarali amalga oshirilmoqda?

 Hozirda dori vositalarimizni o‘zida jamlagan katta portfelni O‘zbekistonda juda professional faoliyat olib borayotgan va tekshiruvdan o‘tgan dorilar sifat, samaradorlik va xavfsizlik talablariga javob berishini kafolatlovchi davlat ekspert idorasi bilan ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Shu tariqa, O‘zbekiston bozorga kirishda plankasini oshirib, raqobatbardosh muhitni yaratmoqda va bu to‘g‘ri – shunda bir pog‘ona pastroq mahsulot yetkazib beruvchilar rasmiy bozorga kira olmaydi.

Preparatlar narxini tartibga solishga kelsak, bu amaliyot joriy qilinganiga hali ko‘p bo‘lmadi va takomillashishda davom etmoqda. Yetkazib beruvchilar uchun eng muhimi – moslashuvchanlik, uzilish va nosozliklarsiz bozorga olib kirish narxlarini o‘zgartirishdan iborat. Farmatsevtik soha dinamik xarakterga ega, material va ishlab chiqarish narxlari o‘zgarib turadi va yetkazib beruvchi hozirgidek 6 oylik mahsulot yetkazishdan bosh tortmay,  referent savatdagi narxlar nazoratida ulardagi o‘zgarishlarni qayd etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

SANTO preparatlari nimasi bilan boshqalardan farq qiladi?

– SANTO – Yevropa kompaniyalari guruhining qismi, biz nafaqat tashqi, balki ichki boshqaruvga ham egamiz. Bu, ayniqsa, mablag‘lar xavfsizligi, xavflar va bemorlarda dorilarning nojo‘ya ta’sirlari oldini olishga oid yangi axborotlar nazoratiga tegishli. GMP sertifikatiga ega liniyalarda dori vositalarining steril in’yeksion va nosteril qattiq hamda suyuq shakllari ishlab chiqariladi. Bizning R&D laboratoriyamiz – Qozog‘istonda va ehtimol butun Markaziy Osiyoda eng yaxshi sanaladi. Unda barcha turdagi dori vositalari ishlab chiqiladi, klinik tadqiqot dasturlari amalga oshiriladi. Raqobatchilar oldidagi ustunligimiz ham shunda – biz shunchaki texnologiyalarni transfer yoki import qilmaymiz, balki o‘z dori vositalarimiz avlodini yaratamiz.

Manba: https://kun.uz/uz/news/2022/01/25/irina-chublukova-santo-hamyonbop-preparatlarni-taklif-etadi

Bu qiziqarli bo'lishi mumkin