Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati

SANTO kompaniyasi farmatsevtika bozorining ijtimoiy mas'uliyatli subyekti bo'lib, faoliyatini halol va vijdonan olib borish uchun yuqori axloqiy standartlarga erishishga intiladi, shuningdek, har qanday shakl va ko'rinishdagi korrupsiyani rad etish siyosatiga qat'iy rioya qiladi.

Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi siyosati asosiy qoidalar va standartlarni, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va yo'l qo'ymaslikka, Kompaniya faoliyatidagi korruptsion risklarni aniqlashga va bartaraf etishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, Kompaniya o‘z biznes hamkorlaridan davlat organlari va uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda Kompaniya manfaatlarini ifodalashda, shuningdek, Kompaniya oldidagi shartnoma majburiyatlarini bajarishda korruptsiyaga qarshi qonun hujjatlariga va axloqiy ish yuritish tamoyillariga to‘liq rioya etishlarini kutadi.