Ishlab chiqarish
            Polpharma O'zbekiston kompaniyasi tasarrufida ishlab chiqarish faoliyatiga
            vositachilarni jalb qilish zaruratidan voz kechgan holda global
            miqyosda ish olib borish uchun kerakli maydonlar nazarda tutilgan.
            Аsosiy va qoʼshimcha ishlab chiqarish kuchlari belgilangan GMP
            andozalariga muvofiq ishlaydi, kelgusida ishlab chiqarish
            faoliyatini rivojlantirish uchun esa faoliyatga qoʼshimcha zahira
            maydonlari ham biriktirilgan.
            
            Polpharma O'zbekiston kompaniyasida toʼliq koʼlamda faoliyat olib borish uchun
            barcha kerakli transport va energetika kommunikatsiyalari mavjud.
            Shuningdek kompaniya egaligida oʼzining qozonxonasi va quduqlari
            bor.
          
Bizning texnologiyalarimiz
Bosqichma-bosqich ravishda jihozlarimiz jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan olingan yanada yangi va zamonaviylariga almashtirib boriladi. Shu munosabat bilan xodimlarda yangi va sifatli dori vositalarini ishlab chiqarish imkoniyati tugʼiladi.
 
                                         
                                         
                                         
                                         
                                         
                                         
                                         
                                         
                                         
                                 
                                 
                                 
                                