SANTO kompaniyasi farmatsevtika bozorining ijtimoiy mas'uliyatli
subyekti bo'lib, faoliyatini halol va vijdonan olib borish uchun
yuqori axloqiy standartlarga erishishga intiladi, shuningdek, har
qanday shakl va ko'rinishdagi korrupsiyani rad etish siyosatiga qat'iy
rioya qiladi.
Kompaniyaning korrupsiyaga qarshi siyosati asosiy qoidalar va
standartlarni, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning
oldini olish va yo'l qo'ymaslikka, Kompaniya faoliyatidagi korruptsion
risklarni aniqlashga va bartaraf etishga qaratilgan huquqiy va
tashkiliy chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.
Shuningdek, Kompaniya o‘z biznes hamkorlaridan davlat organlari va
uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda Kompaniya manfaatlarini
ifodalashda, shuningdek, Kompaniya oldidagi shartnoma majburiyatlarini
bajarishda korruptsiyaga qarshi qonun hujjatlariga va axloqiy ish
yuritish tamoyillariga to‘liq rioya etishlarini kutadi.